Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rossiyaga qaytadimi?

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rossiyaga qaytadimi?

Maxachqal’aning «Dinamo» klubi bosh direktori Shamil Gazizov Oston O‘runov bilan shartnoma imzolanishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirdi.

— Biz Oston bilan muntazam aloqada bo‘lib turamiz, ammo Maxachqal’aning «Dinamo» klubiga o‘tish mavzusida emas. Biz hech qanday taklif bilan chiqmadik, — deya Gazizovning so‘zlarini keltiradi «SE».

Shu bilan birga, klub rahbari nazariy jihatdan bunday transfer yozgi mavsumlararo tanaffusda amalga oshishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

Avvalroq matbuotda 25 yoshli futbolchi «Persepolis»ni tark etmoqchi ekanligi va bu haqda Eron klubi rahbariyatini xabardor qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Eslatib o‘tamiz, futbolchi ilgari Rossiyada «Ufa» va «Spartak» sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: Bugun 19:16. O'qildi: 415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!