Bugun 15 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston statistika tizimi xalqaro baholashdan o‘tkaziladi

O‘zbekiston statistika tizimi xalqaro baholashdan o‘tkaziladi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–190-son Farmoniga muvofiq, Milliy statistika qo‘mitasi, Markaziy bank hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tayyorlanadigan statistik ma’lumotlarning xalqaro standartlar va kodekslarga muvofiqligi baholanadi.

Mazkur baholashni 2027–2028 yillarda Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan ROSC Assessment metodologiyasi asosida o‘tkazish belgilangan.

Baholash jarayonida:
🔵statistik ma’lumotlarni shakllantirishda qo‘llanilayotgan uslubiyatlar;
🔵foydalanilayotgan ma’lumotlar manbalari;
🔵statistik ko‘rsatkichlarning qamrovi va davriyligi;
🔵ma’lumotlarning ishonchliligi va o‘zaro muvofiqligi;
🔵statistik ma’lumotlarni e’lon qilish tartibi;
🔵foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarning ochiqligi va tushunarliligi o‘rganiladi.



ROSC Assessment milliy statistika tizimidagi mavjud jarayonlarni xalqaro mezonlar asosida xolis baholash, ilg‘or amaliyotlarni belgilash va takomillashtirilishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash imkonini beradi.

Baholash natijalari asosida statistik ma’lumotlarni tayyorlash va tarqatish amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi.



📊 Natijada O‘zbekistonda shakllantirilayotgan makroiqtisodiy va moliyaviy statistikaning sifati va xalqaro taqqoslanuvchanligi yanada oshiriladi.

Kiritildi: 15:50 12.09.2026. O'qildi: 603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!