Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston sirk ustalari Hindistondagi Xalqaro sirk festivalida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston sirk ustalari Hindistondagi Xalqaro sirk festivalida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston sirk ustalari Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro sirk festivalida ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Festival tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, dunyoning boshqa mamlakatlari qatori Hindistonda ham sirk juda mashhur va ommabop. Biroq ko‘ngilochar tarmoqning boshqa turlari va raqamli sohaning jadal rivoj topayotgani, shuningdek, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq sanitariya-epidemiologik vaziyat ushbu san’at turining holatiga ta’sir ko‘rsatdi. Shu bois mamlakatda ushbu qadimiy san’at turi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida sirk ustalari ishtirokida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xalqaro festival doirasida mamlakatning Mumbay, Bangalor va boshqa shaharlarida sirk ustalarining rang-barang dasturlari namoyish etildi. Dehlida ham ular to‘rt kun davomida sirk ixlosmandlari va yozgi ta’tilga chiqqan maktab o‘quvchilarini o‘zlarining yorqin chiqishlari bilan mamnun qilmoqda.

Festivalda Hindiston va O‘zbekiston vakillaridan tashqari Efiopiya, Qirg‘iziston va rossiyalik san’atkorlar ham ishtirok etmoqda. San’at bayrami tashkilotchilarining asosiy g‘oyasi xalqaro ijodiy hamkorlikni rag‘batlantirish va o‘zaro ilg‘or texnik nou-xaular bilan almashishdan iborat.

Dasturlarda jonglyorlik, bir g‘ildirakli velosiped va xalqalarda mashqlar namoyish qilish, akrobatlar va masxarabozlar chiqishlari kabi an’anaviy nomerlar bilan bir qatorda, shuningdek, har bir ishtirokchi davlat sirk san’atining o‘ziga xos milliy jihatlari o‘rin olgani mahalliy jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Kiritildi: 11:35 27.05.2023. O'qildi: 1428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!