Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi


Shaxmat bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi erkaklar jamoasi Samarqanddagi 46-shaxmat olimpiadasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

So‘nggi 11-turda Ukrainaga qarshi o‘yin yakunlanmasdan chempionlik kafolatlandi, chunki jamoaning chempionlik kurashidagi asosiy raqibi bo‘lgan Hindiston Vengriya bilan durang o‘ynab qo‘ydi va O‘zbekiston birinchi o‘rinni o‘zida saqlab qoladigan bo‘ldi.

Bu O‘zbekiston uchun ikkinchi olimpiada chempionligi bo‘lmoqda. Bundan 4 yil oldin, 2022 yil Hindistonning Chennai shahrida o‘tkazilgan olimpiadada ham O‘zbekiston vakillari birinchilikni olgandi. 2024 yil Vengriyaning Buxarest shahrida o‘tkazilgan olimpiadada bronza medallari qo‘lga kiritilgandi.

Kiritildi: 17:39 27.09.2026. O'qildi: 1115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik