Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston sementni qaysi mamlakatlardan import qilmoqda

O‘zbekiston sementni qaysi mamlakatlardan import qilmoqda

O‘zbekiston 3 oyda 425 ming tonna sement import qilgan.
2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qiymati 16,7 mln dollarga teng bo‘lgan 425,3 ming tonna sement import qilingan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 342 ming tonnaga kamaygan.
Uch oyda O‘zbekiston sement xarid qilgan asosiy davlatlar:
Tojikiston – 188,4 ming tonna;
Qirg‘iziston – 121,4 ming tonna;
Qozog‘iston – 111,8 ming tonna;
Eron – 1,9 ming tonna;
Turkmaniston – 1,5 ming tonna;
Rossiya – 206 tonna.
Avvalroq O‘zbekistonda kelayotgan yillardan asfalt o‘rniga sement beton yo‘llar qurishga o‘tilishi xabar qilingan edi.

Kiritildi: 23:08 08.05.2022. O'qildi: 4209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!