Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston Rossiyadagi o‘z fuqarolarining huquqlari va insoniy qadr-qimmatini kamsitishning har qanday shakliga yo‘l qo‘yilmasligini so‘radi

 O‘zbekiston Rossiyadagi o‘z fuqarolarining huquqlari va insoniy qadr-qimmatini kamsitishning har qanday shakliga yo‘l qo‘yilmasligini so‘radi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Rossiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashdi.

Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir dolzarb masalalarni batafsil muhokama qildi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tomoni migrasiya tekshiruvlari va reyd tadbirlari o‘tkazilayotgan jarayonda O‘zbekiston fuqarolarining (ham qonunga rioya qilayotgan, ham migrasiya qonunini buzgan fuqarolarning) huquqlari va insoniy qadr-qimmatini kamsitishning har qanday shakliga yo‘l qo‘yilmasligi prinsipial ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 09:06. O'qildi: 466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!