"Er osti boyliklari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga yanada qulaylik yaratish maqsadida faoliyat uchun beriladigan yer qa’ri uchastkalari maydon o‘lchamlarini 1 gektardan ortiq biroq 5 gektardan oshmaydigan sochma oltinga istiqbolli uchastkalarni berish taklif etilmoqda. Amalda bu 1 gektardan ortiq bo‘lmagan uchastkalardan iborat edi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.