Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston qaysi davlatdan qancha qarz olgan?

A A A
O‘zbekiston qaysi davlatdan qancha qarz olgan?

Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi qanchaligini ma’lum qildi. Bu xaqda "sof.uz" xabar berdi.

2019 yil boshidan buyon davlat qarzi $4,5 mlrdga yoki 30.9%ga oshdi. 2019 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan qarzlar miqdori 19,2 milliard dollar yoki yalpi ichki mahsulotning 33,6 foizini tashkil etdi.

O‘zbekiston kimdan qancha qarz

Birinchi o‘rinni hali ham Xitoy egallab turibdi. 2019 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra, ushbu davlat qarz miqdori 2,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Ushbu mablag‘lar O‘zbekiston hukumatining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarzi emas, balki asosan Xitoy Davlat Taraqqiyot Banki va Xitoyning Eksport-Import Bankining kreditlarini aks ettiradi", - deya ta’kidladi vazirlik.

Ikkinchi o‘rinda Yaponiya (1,8 milliard dollar), uchinchi o‘rinda Janubiy Koreya (560 million dollar). Fransiya to‘rtinchi (345,8 million dollar), Germaniya beshinchi o‘rinda (286,5 million dollar).

Kreditor mamlakat Qarz miqdori (mln $) Umumiy qarzdagi ulushi (%)
Xitoy 2 803,7 20,6
Yaponiya 1 838,0 13,6
Janubiy Koreya 560,4 4,1
Fransiya 345,8 2,5
Germaniya 286,6 2,1
Rossiya 150,6 1,1
Saudiya Arabistoni 122,1 0,9
Boshqa mamlakatlar 111,8 0,8

 

Kiritildi: 09:29 09.01.2020. O'qildi: 7719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!