O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 iyun kuni "Al Mirqab Capital" kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va "Blackrock" investisiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegasiyasini qabul qildi.
O‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investisiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan gaz va elektr tarmoqlari, suv ta’minoti tizimini modernizasiya qilish, energiya ishlab chiqarish va to‘plash quvvatlari, katta tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan temir yo‘llarni qurish, ko‘chmas mulk ob’ektlari va biznes infratuzilmasini barpo etish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
Muzokaralar yakunida istiqbolli loyihalarni tizimli ilgari surish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.