Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti va Vengriya Bosh vaziri keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirish muhimligini qayd etdilar

O‘zbekiston Prezidenti va Vengriya Bosh vaziri keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirish muhimligini qayd etdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 mart kuni Turkiy davlatlar tashkiloti navbatdan tashqari sammitining asosiy tadbirlari doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Bosh vazir va do‘st venger xalqini milliy bayram – Vengriya inqilobi kuni bilan samimiy qutladi.

Ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mamlakatlarimizning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investisiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston va Vengriya korxonalarining samarali kooperasiyasi uchun ishlab chiqarish maydonini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidani ham fikr almashildi.

Kiritildi: 14:20 16.03.2023. O'qildi: 1121 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!