Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

Federasiya Kengashi Raisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Ikki mamlakat parlamentlarining samarali hamkorligi O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Kiritildi: 15:01 24.07.2024. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!