Bugun 11 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 13-16 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif doirasida Abu-Dabi va Dubay shaharlarida uchrashuv va tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari Amirliklar poytaxtida Prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, mamlakatning yetakchi davlat tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashadi, shuningdek, "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" xalqaro sammitida ishtirok etadi.

Dubay shahrida Birlashgan Arab Amirliklari vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashrif kun tartibidan O‘zbekiston-BAA do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, investisiyalar, "yashil" energetika, infratuzilma, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, innovasion rivojlanish, turizm va boshqa ko‘plab ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari ham ko‘rib chiqiladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan salmoqli kelishuvlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:32. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!