O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifning taklifiga binoan 5 fevral kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, Islomobod shahrida oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston – Pokiston do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.
Sammit yakunida Qo‘shma deklarasiya va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida qo‘shma biznes forumi va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.