Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti YEXHTning amaldagi raisini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti YEXHTning amaldagi raisini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonenni qabul qildi.

Suhbat avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan EXHT o‘rtasida amaliy aloqalarni mustahkamlash hamda O‘zbekiston-Finlyandiya hamkorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Milliy saylov tizimini modernizasiya qilish, ommaviy axborot vositalari erkinligini ta’minlash, gender va yoshlar masalalari, "yashil" kun tartibi bo‘yicha tashkilot bilan konstruktiv hamkorlik rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Iqlim xavfsizligi va barqaror rivojlanish masalalariga e’tiborni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston-Finlyandiya munosabatlarining, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi kun tartibi batafsil ko‘rib chiqildi.

Mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Kiritildi: 19:08 11.06.2025. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!