Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Prezidenti “Blackrock” kompaniyasi bilan investisiyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidenti “Blackrock” kompaniyasi bilan investisiyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davos shahriga amaliy tashrifi doirasida “Blackrock” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesi bilan uchrashdi.

Ushbu yetakchi kompaniya bilan investisiyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

“Blackrock” kompaniyasining mamlakatimizdagi ustuvor loyihalarda ishtirok etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi bir qator korxonalar kapitaliga kirish, qo‘shma investisiya mexanizmlarini ishlab chiqish va mamlakat investisiya muhitini yaxshilash uchun xalqaro ekspertizani jalb qilish bo‘yicha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

Kiritildi: 20:52 22.01.2026. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!