O‘zbekiston “prava”si bilan BAAda mashina haydash mumkin bo‘ladi.
Ikki davlat ichki ishlar vazirlari shunday memorandum imzoladi. U 2024 yil 27 yanvardan kuchga kiradi.
Hujjatga ko‘ra bir davlat fuqarosi boshqasining hududida mashina haydaganda milliy haydovchilik guvohnomasidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Ammo bu uzoq muddat yashash huquqini olganlarga taalluqli emas.