Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston OTJ sardori Osiyo kubogiga tayyorgarlik haqida fikr bildirdi

O‘zbekiston OTJ sardori Osiyo kubogiga tayyorgarlik haqida fikr bildirdi

O‘zbekiston OTJ sardori Jasur Jaloliddinov Qatarda start oladigan musobaqa haqida fikr bildirdi.

«Musobaqa boshlanayotganidan xursandmiz. Ushbu turnirga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Xudo xohlasa, ertaga birinchi o‘yinimizni o‘tkazamiz. Birinchi turdagi g‘alabamiz bilan muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Turnirda kuchsiz jamoani o‘zi yo‘q. Malayziya ham yaxshi darajadagi jamoa ekan. Shunga yarasha o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik. Umid qilamizki, yuzimiz yorug‘ bo‘ladi.

Muxlislarni qo‘llab turishlarini his qilib turibmiz. Biz ham g‘alabalarimiz bilan ularni xursand qilishga intilamiz», — dedi Jasur.

Kiritildi: 09:14 16.04.2024. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!