Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston ODIN reytingida 30-o‘ringa ko‘tarildi

A A A
O‘zbekiston ODIN reytingida 30-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 195 ta mamlakat orasida 70 ball bilan 30-o‘ringa ko‘tarildi hamda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni saqlab qoldi.

Open Data Inventory (ODIN) – rasmiy statistika kamchiliklarini aniqlash, ochiq ma’lumotlar siyosatini ilgari surish, milliy statistika organlari bilan ma’lumotlardan foydalanuvchilar o‘rtasida muloqotni yaxshilash va ochiqlikni baholaydi.

Statistika agentligi Open Data Watch tashkiloti bilan 2019 yildan boshlab, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko‘magida hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Open Data Inventory (ODIN) reytingida:

— 2015 yilda 125 ta mamlakat orasida 3 ball bilan 125-o‘rinni;

— 2016 yilda 173 ta mamlakat orasida 13 ball bilan 168-o‘rinni;

— 2017 yilda 180 ta mamlakat orasida 18 ball bilan 167-o‘rinni;

— 2018 yilda 178 ta mamlakat orasida 19 ball bilan 168-o‘rinni;

— 2020 yilda 187 ta mamlakat orasida 63 ball bilan 44-o‘rinni egallagan.

— 2022 yilda 192 ta mamlakat orasida 66 ball bilan 40-o‘rinni egallagan.

— 2023 yilda 195 ta mamlakat orasida 66 ball bilan 30-o‘rinni egallagan.

Kiritildi: 15:39 09.08.2023. O'qildi: 1452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!