Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Hajga ketayotgan ayollarga bir nechta tavsiyalar berdi

A A A
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Hajga ketayotgan ayollarga bir nechta tavsiyalar berdi

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Haj safariga ketayotgan ayollarga bir qancha tavsiyalar bilan chiqdi.

Haj amali o‘zining ehtiyoji va qaramog‘idagilarning nafaqasidan tashqari ortiqcha – Baytullohga borib kelishga yetarli mablag‘i bor har bir aqli raso, bolig‘ (balog‘atga yetgan), ozod, sog‘lom musulmonga (ayollar iddada bo‘lmasligi va ularga mahram-yo‘ldosh ham bo‘lishi lozim) yo‘llar xatarsiz bo‘lsa, haj ibodatini keyingi yilga qoldirmay, ado etish farzdir. Bunday sharoitlarda kechiktirsa, gunohkor bo‘ladi. Haj ibodati umrda bir marta ado etiladigan farz amaldir.

Haj ulug‘ ruhiy ozuqa beradigan ibodat bo‘lib, unda musulmon bandaning vujudi Alloh taologa taqvo bilan, Unga toat qilishga azmu qaror bilan, gunohlariga nadomat bilan to‘ladi. Bu safarda musulmon kishining Allohga, Uning Rasuliga va mo‘min-musulmonlarga bo‘lgan muhabbati ziyoda bo‘ladi. Dunyoning hamma taraflaridagi din qardoshlariga nisbatan do‘stlik tuyg‘ulari uyg‘onib, mustahkamlanadi.

Har bir ziyoratchi haj ulug‘ ruhiy va ma’naviy ozuqa beradigan ibodat ekanligini tushunib yetishi lozim. Haj safariga ketayotgan kishilar Alloh taoloning mehmonlari hisoblangani bois, ular hajning har bir odobiga qat’iy rioya etishlari kerak.

HAJ SAFARIGA KETAYOTGAN AYOLLAR NIMALARGA E’TIBOR QARATISHLARI ZARUR?

Safarga ketishdan oldin:

1.Haj ibodatiga ketayotgan ayol avvalo niyatini xolis Alloh uchun qilishi kerak.

2.Hajga doir adabiyotlar bilan tanishib chiqishi, soha mutaxassislaridan aynan ayollarga xos masalalar bo‘yicha ma’lumotlar olishi kerak. Tahorat, g‘usl, tayammum, hayz va nifosga doir masalalarni o‘rganib borish zarur.

3.Doimo esda saqlash zarur: hayz ko‘rgan yoki tahoratsiz ayol masjidga kirishi, Qur’on o‘qishi, tavof qilishi aslo mumkin emas!

4.Haj safariga ketayotgan ayollarga nima narsalar olishi kerakligi 1- ilovada keltiriladi.

5. Ziyoratchi qarzlari bo‘lsa, qarzlarini to‘lab, ota-onasi yoki keksalardan duo olib ketishi xayrli amallardan hisoblanadi.

6. Safarga ketishdan oldin g‘usl qilishi yoki mukammal tahorat qilib, 2 rakat namoz o‘qib, aeroportga yo‘lga chiqiladi.

Kiritildi: 20:26 12.06.2023. O'qildi: 1411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!