Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qatar va KXDRga qarshi uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar nomi ma’lum

A A A
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qatar va KXDRga qarshi uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar nomi ma’lum

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Qatar va KXDR terma jamoalariga qarshi safar uchrashuvlarida ishtirok etadi. Osiyo futbol konfederasiyasi mazkur bahslarda ishlaydigan hakamlar haqida ma’lum qildi.

Qatar — O‘zbekiston uchrashuvida koreyalik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi. Bosh hakam — Kim Jongheok, unga qanotlarda yurtdoshlari Park Kyunyong va Jang Jongpil yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam — Chae Sangheop. VARda esa Kim Heegon faoliyat olib boradi.

Uchrashuv 14 noyabr Toshkent vaqti bilan 21:15 da "Jassim bin Hamad" stadionida start oladi.

KXDRga qarshi safar uchrashuvimiz Laos poytxati Ventyan shahrida o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Mazkur o‘yinda kuvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam — Ali Ali Ahmad, unga yurtdoshlari Alanezi Abdulhadi va Abbos Ahmad yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam — Ammar Ashkanani. VARda esa Abulloh Jamali faoliyat olib boradi.

KXDR — O‘zbekiston uchrashuvi 19 noyabr Toshkent vaqti bilan 17:00 da "Lao" stadionida boshlanadi.

Kiritildi: 11:55 29.10.2024. O'qildi: 1938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!