Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yanvarda Dohada yig‘ini o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yanvarda Dohada yig‘ini o‘tkazadi

Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 22 yanvardan 2 fevralga qadar Qatar poytaxti Doha shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi. Yig‘inga asosan mahalliy va yosh futbolchilar jalb etiladi.

Mazkur yig‘in 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish, terma jamoa tarkibi uchun munosib zaxira futbolchilarni shakllantirish hamda yosh o‘yinchilarga imkoniyat berish maqsadida tashkil etiladi.

Yig‘in davomida murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy va texnik holatini baholab boradi.

Kiritildi: Bugun 19:11. O'qildi: 221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!