Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Gabonga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Gabonga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA Series turniri doirasida Gabonga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida bosh murabbiy Fabio Kannavaro bo‘lajak bahslar va jamoaning rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

​Murabbiy fikrlaridan asosiy tezislar:

​G‘alaba – yagona maqsad:
«O‘yinlar o‘rtoqlik maqomida bo‘lsa-da, biz maydonga faqat g‘alaba uchun tushamiz. Jahon chempionati tobora yaqinlashmoqda, shu bois har bir uchrashuv biz uchun strategik ahamiyatga ega».

Tarkib va raqobat:
«Mundialga boradigan yakuniy tarkib haqida gapirishga hali erta. Kengaytirilgan ro‘yxatimizdan 55 nafar futbolchi o‘rin olgan. Ichki chempionatdagi ko‘rsatkichlariga qarab, bu ro‘yxat muntazam yangilanib boradi. Hozircha barcha nomzodlarni diqqat bilan kuzatyapmiz».

Rotasiya va imkoniyat:
«Ushbu ikkita o‘yinda barcha chaqirilgan futbolchilarga imkoniyat berishga harakat qilamiz. Har bir o‘yinchining hozirgi holatini amaliyotda ko‘rishimiz shart».

Individual yondashuv:
«Dubay yig‘ini davomida ko‘plab nomzodlarni ko‘zdan kechirdim va har biri bilan yakka tartibda suhbatlashdim. Yigitlardagi ishtiyoq va motivasiya meni juda mamnun qildi».

Seleksiya jarayoni:
«Hozirgacha 5 nafar darvozabonni sinovdan o‘tkazdik. Agar tanlovda biror xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsak, qolgan futbolchilarda o‘z o‘yinlari bilan bizni hayron qoldirish va fikrimizni o‘zgartirish uchun hali vaqt bor».

Jismoniy holat – asosiy masala:
«Meni futbolchilarning mahorati emas, ko‘proq funksional tayyorgarligi xavotirga solmoqda. Jahon chempionati oldidan bizda atigi 2-3 hafta bo‘ladi – bu vaqt ichida jismoniy holatni sezilarli darajada oshirib bo‘lmaydi. Shu bois, yanvar oyidan buyon aynan fizika ustida tinimsiz ishlayapmiz».

Kiritildi: Bugun 19:09. O'qildi: 328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!