Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston maktablarida "QVZ"ga start berilmoqda

A A A
O‘zbekiston maktablarida "QVZ"ga start berilmoqda

Umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida "Quvnoqlar va zukkolar" respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi, deb xabar berdi Xalq ta’limi vazirligi.

Nizomga ko‘ra, mazkur tanlov XTV tizimidagi maktablarning 8-10-sinf o‘quvchilaridan iborat terma jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladi. 

Xabarda aytilishicha, mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan umumta’lim muassasalar nomidan maktab rahbarlari yoki yoshlar yetakchilari 14 sentyabrga qadar maxsus sahifa orqali ishtirokchi jamoa talabnomasini to‘ldirishi kerak. Ro‘yxat kelib tushgan talabnomalar asosida shakllantiriladi. 

Tanlov to‘rt bosqichda o‘tkaziladi: tuman (shahar) bosqichi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi; hududlararo saralash bosqichi; respublika bosqichi.

Tanlovning birinchi sharti "Besh karra besh - yigirma besh" tanishuv sharti bo‘lib, bunda jamoalarga o‘zlarini xarakteriga ega bo‘lgan ko‘rinishlari, hazil-mutoyiba, kuy-qo‘shiq, raqs va boshqa satirik-yumoristik sahna ko‘rinishlari uyg‘unlashgan holda chiqishlari tavsiya etiladi.

Ikkinchi "Zukko, ziyrak o‘quvchi" savol javobi sharti - jamoalarning jamoaviy tartibda bir-birlariga qiziq (mantiqiy) savollar berishi va savollarga javob topishiga asoslangan.

"Bizda hammasi 5" quvnoq chiqish sharti - musiqalar, qo‘shiqlar, taniqli san’atkorlar qo‘shiqlariga o‘xshatmalardan keng foydalangan holda hayotda uchraydigan turli qiziq voqelik, illat, kamchiliklar kulgu ostiga olingan, tarbiyaviy xususiyatga ega teatrlashtirilgan lavhalardan iborat bo‘ladi.

Biatlon sharti (respublika bosqichi uchun) - har bir jamoadan 3 nafar ishtirokchi qatnashishi mumkin. 

G‘olib jamoa tanlovning respublika bosqichida "Ko‘chma kubok", diplom va noutbuk bilan taqdirlanadi. Shuningdek, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etgan har bir o‘quvchi-yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantiriladi.

 

Kiritildi: 21:00 07.09.2019. O'qildi: 8395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!