O‘zbekiston kubogi yarim finaliga qur’a tashlandi.
Unga ko‘ra, final oldidan “Buxoro” va “So‘g‘diyona” o‘zaro to‘qnash keladi. Ikkinchi juftlik bahsida “Dinamo” o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” shu kunga qadar 17 marotaba O‘zbekiston kubogi finaliga qadar yetib borib, 13 tasida g‘alaba qozongan.