Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston kubogi: bugun chorak final bahslariga start beriladi

O‘zbekiston kubogi: bugun chorak final bahslariga start beriladi

Bugun, 20 oktyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining chorak final bosqichi uchrashuvlari boshlanadi. Yarim final yo‘llanmasi uchun sakkizta jamoa kurash olib boradi.

Musobaqaning ushbu bosqichidan o‘rin olgan to‘rtta bellashuvning uchtasi bugun o‘tkaziladi. Dastlab OKMK o‘z maydonida «Guliston»ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 18:30 da start oladi.

Kunning qolgan ikki bahsi soat 19:00 da boshlanadi. Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi «Andijon»ga qarshi maydonga tushsa, Farg‘onaning «Neftchi» klubi Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi bilan kuch sinashadi.

Chorak finalning so‘nggi uchrashuvi 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Namanganning «Navbahor» klubi «G‘azalkent»ni qabul qiladi.

O‘zbekiston kubogi. 1/4 final

20 oktyabr, seshanba

18:30. OKMK — «Guliston»

19:00. «So‘g‘diyona» — «Andijon»

19:00. «Neftchi» — «Lokomotiv»

21 oktyabr, chorshanba

19:00. «Navbahor» — «G‘azalkent»

Kiritildi: 09:06 20.10.2026. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik