Ulug‘bek Lapasov O‘zbekistonning Kubadagi elchisi sifatida faoliyat boshladi.
Diplomat Kuba tashqi ishlar vaziri o‘rinbosariga ishonch yorliqlarini topshirgan. Bu haqida Kuba Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Lapasov 1982 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2000−2005 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriatini, 2005−2006 yillarda Fransiyadagi Jan Mulen universitetining magistraturasini tamomlagan.
Ish faoliyati davomida O‘zbekistonning Belgiyada va Fransiyadagi elchixonalarida, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi vakolatxonalarida faoliyat yuritgan.
U 2018 yil iyulidan 2023 yilgacha Jenevadagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi O‘zbekistonning doimiy vakili sifatida ishlagan.
2023 yil avgustidan U. Lapasov O‘zbekistonning BMT dagi doimiy vakili bo‘lib ishlab kelayotgan edi.