Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston JSST ro‘yxatidagi regulyatorlar tasdiqlagan dori vositalarini takroriy sinovlarsiz tan oladi

O‘zbekiston JSST ro‘yxatidagi regulyatorlar tasdiqlagan dori vositalarini takroriy sinovlarsiz tan oladi

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ro‘yxatiga kiritilgan regulyatorlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari mamlakatimizda davlat ro‘yxatiga qabul qilinadi.

📅 2026 yil 1 yanvardan:
▪️ tibbiy buyum va texnikalar tibbiy jihoz sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
▪️ jihozlar xavf darajasiga ko‘ra 4 toifaga ajratiladi;
▪️ klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ro‘yxatga olinadi;
▪️ chakana savdo uchun lisenziya talabi bekor qilinadi.

📅 2027 yildan:
▪️ dori vositalari uchun – milliy GMP sertifikati,
▪️ tibbiy jihozlar uchun – ISO:13485 standarti talab qilinadi.

Prezident 19 avgust kuni “Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. U 23 avgustdan kuchga kirdi.

Kiritildi: 09:55 30.08.2025. O'qildi: 1276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!