Xikaru Nakamura Sindarovga qarshi partiyadagi mag‘lubiyat sabablarini batafsil tushuntirib berdi:
“Men bu pozisiyani Nomzodlar turniridan oldin tayyorlab chiqqandim va aynan shu variantni o‘ynashni rejalagandim. Ammo afsuski, o‘rgangan fayllarimda 12… 0-0 yurishi (rokirovka) yo‘q edi.
Bu ham mening, ham sekundantimning xatosi — tayyorgarlik paytida hech birimiz bu yurish borligini payqamaganmiz. Aslida bu juda kam uchraydigan variant bo‘lib, top darajadagi o‘yinlarda deyarli qo‘llanmagan.
Lekin taxtada bu yurish bajarilgach, men biroz adashib qoldim. “Qanday qilib biz bunday oddiy yurishni ko‘rmay qolganmiz?” degan fikr paydo bo‘ldi.
Shundan keyin men 13.h4 yurishini o‘ynashdan oldin deyarli bir soat o‘yladim. Aslida ikkita variantni ko‘rib chiqqandam: Ne4 — to‘g‘ri yo‘l, va h4 — men tanlagan, lekin xato bo‘lib chiqqan yurish.
Bu variant juda keskin edi. Men ikki piyodani qurbon qildim. Bu vaziyatda agar raqib yaxshi tayyorlangan bo‘lsa o‘ynash juda qiyinlashadi. Menimcha, hatto Magnus Karlsen ham bunday vaziyatda qiynalgan bo‘lardi.
Ba’zan shunaqa holatlar bo‘lib turadi. Eng qizig‘i nega aynan hozir, aynan Nomzodlar turnirida? Nega boshqa turnirlarda emas?
Hayot ba’zan g‘alati ishlaydi. Albatta, bu juda alamli. Ammo rostini aytsam, men bu partiyada nimanidir tubdan o‘zgartira olgan bo‘lardim, deb o‘ylamayman.
Balkim tezroq qaror qilganimda yoki boshqa variantni tanlaganimda vaziyatni saqlab qolsa bo‘lar edi. Lekin baribir, ehtimol, men bu partiyani yutqazgan bo‘lardim. Chunki bitta eng muhim yurishga tayyorlanmagan edim”.