O‘zbekiston infratuzilmasi 1 oktyabrdan Rossiyadan gaz import qilish uchun tayyor. Bu haqda RIA Novosti O‘zbekiston Energetika vazirligi vakiliga tayanib yozmoqda.
“Biz 1 oktyabrdan Rossiya gazini qabul qilishga tayyormiz. Gaz quvurlarimiz yuqori bosimli gazni qabul qilishga moslashtirilgan”, deydi vazirlik vakili.
O‘zbekiston va “Gazprom” 2 yillik shartnoma tuzgan. Unga ko‘ra yiliga 2,8 mlrd metr kub gaz import qilinadi.