Afg‘oniston, Tojikiston va Eronda yashovchi narkoishbilarmonlar yirik miqdordagi giyohvand moddalarni O‘zbekiston hududi orqali xalqaro o‘tkazish punktlaridan turli xildagi mahsulotlar orasiga yashirgan xolda Rossiya va Qozog‘istonga yetkazishga urinish holatlari ham ortib bormoqda. Bu borada 141 kgdan ortiq narkotiklar musodara qilindi.
Bu haqda 26 iyun – Xalqaro narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda ma’lum qilindi.
Tadbirda Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi a’zolari, mutasaddi davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.