O‘zbekiston Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishi bilan bog‘liq voqealarni xavotir bilan kuzatmoqda, deya xabar qildi O‘zbekiston TIV.
"Ikkala tomonni vazminlik ko‘rsatishga, tinchlik va barqarorlik manfaatlari asosida harakat qilishga, vaziyatning yanada yomonlashishining oldini olish uchun diplomatik muloqotga ustuvor ahamiyat berishga chaqiramiz.
O‘zbekiston vaziyatni deeskalasiya qilish va tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor", deyiladi TIV bayonotida.