Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston harbiylari Rossiyaga yordam berish uchun shay turgani haqida xabarlar tarqaldi. Mudofaa vazirligi bunga munosabat bildirdi

A A A
O‘zbekiston harbiylari Rossiyaga yordam berish uchun shay turgani haqida xabarlar tarqaldi. Mudofaa vazirligi bunga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari harbiy texnikalarda Rossiya Federasiyasiga yordam berish uchun poligon hududida shay bo‘lib turgani, ammo vaziyat o‘zgargani uchun borishdan qoldirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Tasvirlangan videoda shu yilning mart oyida Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etgan.

Respublikamizdagi barcha elektron nashrlar va blogerlardan ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini so‘raymiz. Eslatib o‘tamiz, asoslanmagan yolg‘on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.

Kiritildi: 16:28 26.06.2023. O'qildi: 5333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!