Futbol bo‘yicha Osiyo o‘yinlari doirasida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 25 sentyabr, dushanba kuni Gongkonga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Ley Ngai Xoi hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘zbekistonliklar hisobni tenglashtirdi. 65-daqiqada Alibek Davronov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Jasurbek Jaloliddinov O‘zbekistonning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda Hojimat Erkinov raqib jamoa futbolchisi bilan tortishgani uchun qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. O‘yin 2:1 hisobida O‘zbekistonning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa Timur Kapadze shogirdlari Osiyo o‘yinlari pley-offiga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan va unda O‘zbekiston Ulug‘bek Hoshimovning yagona goli evaziga g‘alaba qozongandi.
Qayd etib o‘tish joiz, O‘zbekiston va Gongkong terma jamoalari pley-offga yo‘l oldi. Guruhdagi qolgan ikki terma jamoa Afg‘oniston va Suriya musobaqa boshlanishiga 2 kun qolganda ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi.
Osiyo o‘yinlari
25 sentyabr, dushanba
Gol: 0:1 — 4 Ley Ngai Xoi, 1:1 — 65 Alibek Davronov, 2:1 — 70 Jasurbek Jaloliddinov.