Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston gender ma’lumotlari reytingida 56-o‘rinni egalladi

A A A
 O‘zbekiston gender ma’lumotlari reytingida 56-o‘rinni egalladi

Open Data Watch tashkilotining “Gender Data Compass” reytingida 2023 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 37 ball to‘plagan holda 185 ta mamlakat orasidan 56-o‘rinni, Markaziy Osiyo mintaqasida 3-o‘rinni egalladi.

“Gender Data Compass” mamlakatning gender ma’lumotlari tizimini yaxlit baholashni ta’minlaydi. U 53 ta gender ko‘rsatkichlarining besh jihati: mavjudlik, ochiqlik, asoslar, imkoniyatlar va moliyalashtirish manbalariga tahlil qilinadi.

Mamlakatimizda gender statistikasini yuritish bo‘yicha Statistika agentligi vakolatli organ bo‘lib, agentlikda gender statistikasini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha alohida bo‘linma tashkil etilgan.

Agentlik tomonidan yuritiladigan gender.stat.uz saytining barcha bo‘limlarida bugungi kunda 180 dan ziyod gender statistikasiga oid ko‘rsatkichlar 3 ta tilda, 5 xil formatda joylashtirib borilmoqda.

Kiritildi: 12:48 06.02.2024. O'qildi: 2122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!