O‘zbekiston uy interneti eng arzon bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kirdi - oyiga o‘rtacha 11,5 dollar. Bu haqda RIA Novosti Rosstat ma’lumotlari va turli mamlakatlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarga tayanib yozdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi yirik iqtisodiyotlar orasida Rossiya uy interneti narxi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi - oyiga $8,7. Faqat Hindistonda arzonroq - $7,7. Internet narxi $9,8 bo‘lgan Ruminiya yuqori uchlikni yakunladi.
Shuningdek, eng arzon internetga ega mamlakatlar qatoriga quyidagilar ham kirdi:
- Xitoy - $11,3;
- Qirg‘iziston - $11,7;
- Qozog‘iston - $12,7;
- Turkiya - $13,8;
- Bolgariya - $14,6;
- Litva - $16,5.
Top-15 talikka internet narxi $17,2 bo‘lgan Polsha, $17,4 bo‘lgan Gurjiston, $18,4 bo‘lgan Tailand, $19,1 bo‘lgan Armaniston va $19,7 bo‘lgan Latviya ham kirdi.
Uy interneti eng qimmat bo‘lgan davlatlar: AQSh - $72,1, Kanada - $61,7 va Lyuksemburg - $59,1.
Keyingi o‘rinlarni Belgiya ($56,9), Irlandiya ($55,1), Avstraliya ($53,6), Germaniya ($50,7), Niderlandiya ($50,6), Portugaliya ($43) va JAR ($42,3) egalladi.
Shu bilan birga, fuqarolar o‘rtacha daromadining internetga sarflanadigan eng katta ulushi quyidagi davlatlarda qayd etilgan: Braziliya (4,1 foiz), Meksika (3,8 foiz) va Argentinada (3,65 foiz). Eng kam ulushi esa Rossiya (0,67 foiz), Ruminiya (0,9 foiz) va Janubiy Koreyada (0,97 foiz) qayd etilgan.