Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston elchisi “Tolibon” TIV rahbari bilan aviaqatnovni qayta tiklashni muhokama qildi

O‘zbekiston elchisi “Tolibon” TIV rahbari bilan aviaqatnovni qayta tiklashni muhokama qildi

O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov “Tolibon” tomonidan Afg‘oniston muvaqqat hukumatining tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan Mavlavi Amirxon Muttaqiy bilan uchrashdi. Bu haqda afg‘on tashqi siyosiy idorasi vakili Muhammad Naimiy tvitterda ma’lum qildi.
“Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlar hamda Mozori Sharifdagi aeroportni rekonstruksiya qilish va Toshkent va Kobul o‘rtasidagi aviaqatnovlarni tiklashni muhokama qilishdi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, Muttaqiy O‘zbekistonning Afg‘onistondagi diplomatik missiyasi rahbariga minnatdorlik bildirib, mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga chaqirgan.
Avvalroq O‘zbekiston Afg‘onistonga tranzit yuklari muammosini hal etishda yordam berishi xabar qilingan edi.

Kiritildi: 09:48 04.10.2021. O'qildi: 1792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!