Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Prezidenti Administrasiyasi sektor mudiri Miravzal Mirakulov boshchiligidagi delegasiyaning Shvesiyaga tashrifi uyushtirildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Safar davomida Stokgolm shahri deputatlar kengashi rahbari Olle Burell, Mahalliy demokratiya bo‘yicha Xalqaro shved markazi bosh kotibi Yoxan Lili, Shvesiya parlamenti a’zolari Martin Brozek va Edvin Xillesoy, Mahalliy hokimiyat va mintaqalar assosiasiyasi (SALAR) katta maslahatchisi Magnus Lilyestrem, Xalqaro aloqalar instituti va Mudofaa instituti ekspertlari Yoxan Engvall va Mikael Vaysmann bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan mahalliy davlat organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha rejalar va amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Mamlakatimiz vakillari Shvesiyaning mahalliy deputatlar kengashi va hokimiyat organlari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha tajribasi bilan tanishdi. Tomonlar O‘zbekiston sharoitida Shvesiyaning ushbu jabhadagi tajribasini tadbiq qilish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Tashrif yakunida shved tomoni bilan ushbu sohada hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.