Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston delegasiyasi Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Favqulodda arab-islom sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegasiyasi Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Favqulodda arab-islom sammitida ishtirok etdi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi 15 sentyabr kuni Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Favqulodda arab-islom sammitida ishtirok etdi.

"Bugun Doha shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Favqulodda arab-islom sammiti ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatini yetkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Prezidentimiz bayonotida birodar Qatar xalqi va barcha musulmon mamlakatlari bilan mustahkam birdamligini qayt etib, Yaqin Sharqda tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan so‘nggi harbiy tajovuzni keskin qoraladi.

O‘zbekiston o‘zining qat’iy pozisiyasini yana bir bor tasdiqladi:

Barcha mojarolar tinch yo‘l va diplomatiya yordamida hal qilinishi lozim;

Xalqaro hamjamiyat zo‘ravonlikni to‘xtatish va vaziyatning yanada keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun shoshilinch choralar ko‘rishi zarur;

BMT qarorlariga muvofiq Falastin xalqining mustaqil davlat tuzish bo‘yicha qonuniy huquqi hurmat qilinishi shart;

O‘zbekiston jabrlanganlarga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyor, bu allaqachon mamlakatimizda falastinlik fuqarolarning bir guruhini qabul qilish va qo‘llab-quvvatlash orqali namoyon bo‘ldi.

Sammit mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida birlikni namoyish etish va samarali qo‘shma qarorlar ishlab chiqish uchun muhim platforma vazifasini o‘taydi".

Kiritildi: 12:32 16.09.2025. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!