O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi.
17 sentyabr kuni MDH Gumanitar hamkorlik kengashi va Gumanitar hamkorlik davlatlararo fondi tomonidan ta’sis etilgan “Hamdo‘stlik debyutlari” g‘oliblari aniqlandi.
Universitetniing Rus filologiyasi fakulteti rus tili va o‘qitish metodikasi kafedrasi dosenti, professor v.b. Azizxon Rahmonov ushbu mukofotga munosib ko‘rildi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistondan “Hamdo‘stlik debyutlari” mukofotiga Azizxon Rahmonovga qadar 2020–2022 yillarda 3 kishi loyiq topilgan.