Shu yilning 6 noyabr kuni Farg‘ona viloyati "O‘zbekiston" chegara bojxona postida yuk va yengil avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi xabar berdi.
Qirg‘iz Respublikasining “Kizil-Kiya“ chegara bojxona postida axborot tizimlarida texnik ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan mazkur postga tutash Quvasoy shahrida joylashgan Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “O‘zbekiston“ chegara bojxona posti vaqtincha yopiladi.