29 mart kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda uning huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan Toshkent shahrining “Yangi hayot” tumani, “Yangi Choshtepa” MFY hududida 30 mart — “Zero WasteDay” (“Chiqindisiz dunyo uchun xalqaro kuni”) munosabati bilan ommaviy plogging eko-aksiyasi o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, mazkur aksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida ham tashkil etildi.
Aksiya davomida atrof-muhit jami 1 tonna 124 kg chiqindidan tozalandi. Yakunda “Tozalik posbonlari” jamoasi birinchi o‘rinni (333 kg), “Poligonchilar” jamoasi (176,55 kg) va “Tabiat muzeyi” jamoasi esa (161,5 kg) uchinchi o‘rinni egalladi.
Yakunda eng ko‘p chiqindi to‘plagan jamoalar taqdirlandi. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.
Ma’lumot uchun, aksiya davomida respublika bo‘yicha jami 3 ming nafarga yaqin ishtirokchi tomonidan 58 ta hudud (150 gektarga yaqin) 349,8 tonna chiqindidan tozalandi.