Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston BMT rezolyusiyasini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston BMT rezolyusiyasini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston BMTda qullar savdosini insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyat deb e’lon qiluvchi rezolyusiyani qo‘llab-quvvatladi.

Hujjat uchun dunyoning yana 123 davlati ovoz berdi. Biroq AQSH, Isroil va Argentina unga qarshi chiqdi.

Gana tashabbusi bilan kiritilgan rezolyusiya Yevropa davlatlarining qullar savdosini tarixiy jinoyat sifatida tan olishi va yetkazilgan zarar uchun tovon masalasini ko‘zda tutadi.

Amerika vakiliga ko‘ra, o‘sha davrda xalqaro huquq doirasida noqonuniy hisoblanmagan tarixiy harakatlar uchun tovon talab qilish mumkin emas.

Kiritildi: Bugun 21:19. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!