Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Seminarning asosiy maqsadi – “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasi doirasida qurilish, loyihalashtirish va energiya audit faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga ijtimoiy soha ob’ektlarida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar yuzasidan e’lon qilingan tenderlarda qatnashish shartlari, tartibi, talablari hamda tender hujjatlarini tayyorlashda nimalarga e’tibor qaratilishi lozimligini tushuntirish ko‘zlangan.

Seminarda Tarmoqlararo energiya tejash jamg‘armasi ijrochi direktori Elzod Rahmonov Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Tadbirda “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasi guruh rahbari Yildirim Turkel Loyihaning maqsadlari, amalga oshirish bosqichlari, belgilangan rejalar va kutilayotgan natijalar haqida ma’ruza qildi.

Ma’lumot uchun:

2022 yil 24 iyunda Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro rivojlanish uyushmasi direktorlari kengashi tomonidan “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasini amalga oshirish uchun 143,0 mln AQSh dollari miqdorida uzoq muddatli qarz mablag‘larini ajratish yuzasidan qaror qabul qilingan.

“O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasi respublikaning barcha hududlarida 2023 – 2028 yillar mobaynida amalga oshiriladi. Bu davrda 800 dan ziyod ijtimoiy soha ob’ektlari energiya samarador qilib modernizasiya va rekonstruksiya qilinadi. Jumladan, dastlabki bosqichda 100 dan ortiq ijtimoiy soha ob’ektlarida rekonstruksiya qilish ishlari rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 15:14. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!