Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston banklarida muammoli kreditlar ko‘paya boshladi

O‘zbekiston banklarida muammoli kreditlar ko‘paya boshladi

O‘zbekistonda 2023 yil 1 may holatiga ko‘ra banklarning muammoli kreditlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Unga ko‘ra, banklardagi jami kredit portfeli 413,4 trln so‘mga yetgan. Bu o‘tgan oyga nisbatan 4,8 trln so‘mga ko‘proq degani.

Aprel oyida umumiy muammoli kreditlar (NPL) 425 mlrd so‘mga ko‘payib, 14,8 trln so‘mga yetgan.

Mart oyida banklardagi umumiy NPL fevral oyiga nisbatan 710 mlrd so‘mga kamayib, 14,3 trln so‘mni tashkil qilgan edi. NPL miqdori joriy yil boshidan beri birinchi marotaba pasaygan.

Yanvarda muammoli kreditlar ko‘rsatkichi 920 mlrd so‘mga, fevralda esa 160 mlrd so‘mga ko‘paygan edi.

Banklar orasida NPL miqdori eng ko‘p “Milliy bank”da saqlanib qolmoqda va o‘tgan oyga nisbatan bir oz ko‘paygan — 2,8 trln so‘m.

NPL ulushi bo‘yicha eng baland ko‘rsatkich hamon “O‘zagroeksporbank”da — bankning jami kreditlardagi NPL ulushi 85,1 foizni tashkil qildi.

Kiritildi: 16:34 31.05.2023. O'qildi: 2443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!