Jumayeva Nilufar Hikmatullayevna — Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
N.Jumayeva tayinlovga qadar, “O‘zbekiston” telekanalida katta muharrir lavozimida faoliyat yuritgan.
Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.