Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston akkreditasiya markazi bir necha standartlar bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olishga erishdi

O‘zbekiston akkreditasiya markazi bir necha standartlar bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olishga erishdi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston akkreditasiya markazi IAF MLA ko‘p tomonlama akkreditasiya natijalarini tan olish Bitimi doirasida hozirgi kunda dolzarb hisoblanmish ISO/IEC 27001 "Axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik va mahfiylikni himoya qilish. Axborot xavfsizligini boshqarish tizimlari. Talablar." hamda ISO 13485 "Tibbiy mahsulotlar. Sifatni boshqarish tizimlari. Tartibga solish bo‘yicha talablar" xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatlashtirish faoliyatlarini tan olishga erishdi.

Markaz tomonidan ushbu sohalarda akkreditasiyadan o‘tgan muvofiqlikni baholash organlari tomonidan rasmiylashtirilgan sertifikatlar IAF MLA Bitimiga qo‘l qo‘ygan mamlakatlar orasida tan olinishiga asos yaratildi.

Shu o‘rnida O‘zbekiston milliy akkreditasiya tizimining xalqaro miqyosda tan olingan sohalari jami 10 taga yetdi.

Kiritildi: 02:02 24.12.2024. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!