Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishda davom etmoqda

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishda davom etmoqda

O‘zbekiston Afg‘onistonga shartnomaga muvofiq elektr energiyasini yetkazib berishda davom etmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligiga respublika energetika vazirligi vakili ma’lum qildi.

2019 yilda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ Afg‘oniston DABS bilan har yili 6 milliard kVt / soatgacha elektr energiyasini 10 yil muddatga to‘lash sharti bilan yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolagandi. O‘zbekistondan Afg‘oniston iste’molchilariga elektr energiyasi yetkazib berish hajmi kuniga taxminan 35 MVtni tashkil etadi.

Avvalroq, Markaziy Osiyo mamlakatlari oldidagi qarzlari tufayli Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatish mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Kiritildi: 20:56 04.10.2021. O'qildi: 2921 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!