Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston xalqining bag‘rikenglik va qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga 183 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami Balx viloyatiga etkazildi.

Insonparvarlik yuklari Hayraton shahridagi «Astras» kompaniyasi hududida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris, shuningdek, ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirilgan.

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan.

Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llashdi.

Kiritildi: 16:15 05.06.2025. O'qildi: 475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!