O‘zbekiston afg‘on gazini qazib oladi va Afg‘onistonda issiqlik elektr stansiyasi quradi, dedi "Tolibon" hukumati bosh vazirining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari Abdul-G‘ani Baradar.
Tabiiy gaz Afg‘onistonning Jauzjon va Faryob viloyatlarida qazib olinadi. IES qayerda qurilishi hozircha noma’lum.
Investisiyalar hajmi 1 milliard dollarni tashkil etadi, kelishuvlar to‘qqiz yilga mo‘ljallangan.