Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston aeroportlari asosiy yig‘im va tariflarni 27 foizga pasaytirmoqda

A A A
O‘zbekiston aeroportlari asosiy yig‘im va tariflarni 27 foizga pasaytirmoqda

2021 yil 15 aprel sanasidan “Uzbekistan Airports”AJ havo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun yig‘im va tariflarni pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Asosiy yig‘im va tariflar o‘rtacha 27 %ga pasaytirilib, O‘zbekiston Respublikasi aeroportlariga muntazam yo‘lovchi reyslarini bajaradigan xorijiy aviakompaniyalar uchun qo‘llaniladi.

Pasaytirilgan yig‘im va tariflar xalqaro aviasiya ma’lumotnomalarida e’lon qilindi, bu bilan IKAOga a’zo bo‘lgan 190 dan ortiq mamlakat va AIPdan foydalanuvchi barcha aviakompaniyalar O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida qo‘llaniladigan tariflar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi uchun imkoniyat yaratildi.

“Qabul qilingan qaror O‘zbekiston aeroportlarining raqobatbardoshligini ta’minlash, turizmni rivojlantirish va ishlar samaradorligini rag‘batlantirish, aholi uchun havo transportidagi tashishlarni yanada arzon qilish uchun zamin yaratadi”, - deydi “Uzbekistan Airports”AJ boshqaruvi raisi Rano Djurayeva.

Kiritildi: 16:15 05.04.2021. O'qildi: 2364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!